23:47 / 02.11.2023
277

Xorazm viloyatida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uzoqqa bormadi

Xorazm viloyatida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uzoqqa bormadi

O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.

Mulkiy huquqni amalga oshirish turli manfaatlarning o‘zaro to‘qnashuvi bilan uyg‘un holda yuz berishi sababli, uning oqibatlari nizoli holatlar yuzaga kelishi ehtimolini istisno etmaydi.

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman-shahar bo‘limlari tomonidan sud qaroriga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish bilan bog‘liq qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 215 ta noqonuniy qurilmalar bartaraf etilgan bo‘lib, shundan, qilingan bu kabi ishlar Byuroning Hazorasp tuman bo‘limida 40 tani tashkil etadi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqaciga asosan da’vogar Kadastr agentligining Hazorasp tumani bo‘limi foydasiga javobgar N.Otajonov tomonidan Hazorasp tumani, Ovshar qishloq xo‘jalik yer xaritasining 271-qism konturida 144 kv.metr yer maydonida qurilgan molxona binosini javobgar hisobidan buzib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat