Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining har qanday manfaatlardan, hatto davlat manfaatidan ham ustunligini shakllantirmasdan ustuvor maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish mumkin emas.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 26.09.2023 yildagi fuqaro Q.Pardayev foydasiga Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga nisbatan buyruqni bekor qilish, ishga tiklash, majburiy yurgan kunlariga haq va ma’naviy zarar undirish haqidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga ma’lumot uchun yuborilgan. Keyingi ijro harakatlari natijasida fuqaro Q.Pardayev Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialiga endoskopist shifokor vazifasiga ishga tiklandi.
Shuningdek, tibbiyot markazidan 5 mln. 973 ming so‘m ish haqi to‘liq undirib berildi. Kelgusida shifokor bemorlarga sidqidildan xizmat qilib, insonlar salomatligini tiklash o‘zining bilim va ko‘nikmalarini sarflasa ajab emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!