20:36 / 06.11.2023
107

Payariqda 232 mlrd. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlandi

Payariqda 232 mlrd. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlandi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soxaga oid Farmon va Farmoyishlari va boshqa qonun va qonun osti hujjatlari ijrosi yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim ish yurituviga jami 42.303 ta 715 mlrd. 556 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro harakatlari davomida 21.672 ta 232 mlrd. 724 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Temir daftar, yoshlar daftari va ayollar daftarlari rejasi har oy 100 foizga bajarib, 8 mlrd 520 mln. so‘m undirilishi ta’minlandi.

Davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq jami 22.824 ta 138 mlrd. 715 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va 15.209 ta 85 mlrd. 004 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq jami 5.719 ta 5 mlrd. 892 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va 3 761 ta 3 mlrd. 909 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Soliq qarzdorliklarini undirish bilan bog‘liq jami 10.521 ta 116 mlrd. 373 mln. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va 4.666 ta 69 mlrd. 238 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Davlat boji undirish bilan bog‘liq jami 6.478 ta 13 mlrd. 090 mln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘limga kelib tushgan va 6.701 ta 9 mlrd. 173 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Banklar foydasiga undirish bilan bog‘liq jami 13.376 ta 351 mlrd. 369 mln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘limga kelib tushgan va 2.544 ta 46 mlrd. 605 mln. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi.

Aliment bo‘yicha ijro tadbirlari davomida qarzdorlardan undiruvchilar foydasiga 18 mlrd. 420,4 mln. so‘m aliment puli undirib berildi. Bo‘lim tomonidan qarzdorlar bilan undiruvchilarga olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida 326 nafar oilalar yarashtirilishiga erishildi. 511 ta ijro hujjatlari tamomlandi.

To‘lov qobiliyati yo‘q qarzdorlarning manzilli ro‘yxati tuzilib, ishsiz 982 nafar qarzdorlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi va undiruv ish haqlariga qaratildi.

Shuningdek, aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlangan 78 nafar qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47-4-moddasiga asosan sud tartibida ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgandan so‘ng ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan 9 nafar qarzdorga nisbatan JKning 122-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 tasi bo‘yicha sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlandi.

Bundan tashqari, kommunal undiruvlari bo‘yicha "Hududgaz" ta’minoti korxonasi foydasiga jami 383.3 mln. so‘mlik 126 ta ijro hujjatlari ijrosi ta’minlandi.

Elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga undiruvlar yuzasidan 1 mlrd. 409 mln. so‘mlik 155 ta ijro hujjatlarining amalda ijrosi ta’minlandi.

Fuqarolarning murojaatlari bilan bog‘liq jami 990 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 855 ta murojaat qanoatlantirilgan, 798 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning huquqlari tiklangan, 135 ta murojaatga tushuntirish berilgan.

Tadbirlar davom etmoqda...


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat