Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan “GLOBAR TONAR” MCHJdan “KORSAL INVEST” MCHJ foydasiga jami 457 958 756 so‘m undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 24-oktyabr kuni kelib tushib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor “GLOBAR TONAR” MCHJning bank hisob raqamiga 25.10.2023 yili elektron inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.
Qo‘yilgan topshiriqnomasi orqali undirilish lozim bo‘lgan qarzdorlik to‘lig‘i bilan undirilgan va undirilgan pul mablag‘lari undiruvchi “KORSAL INVEST” MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar