O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Nomzodlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan:
- 18-45 yosh;
- rus yoki ingliz tilini bilish;
- qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha tajriba;
- sudlanmagan;
Ish haqi (ishbay): soatiga 10 funtsterling ( taxminan 150 ming so‘m)dan boshlanadi. Fuqaro hisobidan:
- Agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 5 baravari;
- viza to‘lovi 5 mln so‘m ;
- aviachipta.
Nomzodlar 2023-yil 10-noyabr soat 9:00 dan 11-noyabr soat 9:00 gacha labormigration.uz da ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 13-14 noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning elektron pochtasiga rus tili bo‘yicha onlayn testga havola va uni topshirish shartlari yuboriladi. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga chaqiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar