Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya prezidenti Serjio Mattarella va uning farzandi Laura Mattarella O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Oliy martabali mehmonlar majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.

Vatan qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

Serjio Mattarellaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

Mattarella Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, Turin politexnika universitetiga boradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar