
Foto: Prezident matbuot xizmati
10 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya prezidenti Serjio Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Italiya prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston prezidenti va rafiqasi qarshi oldi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar