16:06 / 12.11.2023
210

Deputat energetik ichimliklar uchun 5 000 so‘m aksiz solig‘i solishni taklif qildi

Deputat energetik ichimliklar uchun 5 000 so‘m aksiz solig‘i solishni taklif qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oltinoy Mamirova 2024 yil uchun taklif etilgan budjetnoma muhokamasida energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘i solishni taklif qildi.

Majlis avvalida bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2024 yil 1 apreldan tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i solish taklifini bergan edi.

Deputat Oltinoy Mamirova taklif etilayotgan aksiz solig‘i kutilgan natija bermasligini ta’kidlab o‘tdi.

Oltinoy Mamirova

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, bir kunlik shakar iste’mol hajmi 12 osh qoshiqdan oshmasligi kerak. Gazlangan shirin, jumladan, energetik ichimliklarning 330 milligramm hajmidagi tarkibida 19 osh qoshiq shakar mavjud. Bugungi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida energetik ichimliklarga ruju qo‘yish ortib bormoqda.

Qonun loyihasiga binoan budjetnomada 2024 yil 1 apreldan boshlab tarkibida shakar bo‘lgan 1 litr gazlangan ichimlik uchun 500 so‘m aksiz solig‘i joriy etilmoqda. Vaholanki, bozordagi 200 milligramm hajmdagi energetik ichimligining narxi 15 ming so‘m. Qonun kuchga kirishi bilan bu ichimlikka 100 so‘m atrofida qo‘shimcha narx qo‘yiladi. Bu esa energetik ichimliklar iste’molini kamaytirishga mativ bo‘lmasligi mumkin.

Shuning uchun “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig‘i joriy qilish, ya’ni 1 litr energetik ichimliklar uchun 5 ming so‘m aksiz solig‘i belgilashni taklif qiladi”, — dedi deputat.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov deputat taklifini quvvatlab, energetik ichimliklarga ruju qo‘yish xavotirli holat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Oxirgi marotaba viloyatga borganimda bir qishloqdagi do‘konga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini narhini bilish uchun kirdim. Do‘kon maktabning ro‘parasida joylashgan ekan. Rastada energetik ichimliklar sotuvda turganiga ko‘zim tushib, do‘konchidan bu ichimliklar sotuvi qanday, deb so‘rasam, u kuniga 5-6 dona sotishini aytdi.

Ayrim idoralardagi xodimlarni ham energetik suvlar ichganini ko‘rganman. Go‘yoki shu bilan kallasi yaxshi ishlab ketarmish. Uyqusi qochib, ishchanlik qobiliyati ortib ketarkan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, deputatimiz aytgan fikrni oddiy taklif emas, xavotirli holat deb aytgan bo‘lardim.

To‘g‘risi, biz loyiha ishlab chiqishda bu jihatlarni chuqur o‘ylamaganmiz yoki hamkasblarimiz keyingi bosqichda qilamiz, degan bo‘lishi mumkin. Agar shu taklifni deputatlarimiz ma’qullab bersa, yaxshi bo‘lar edi”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat