date
views 239

Bola onasi bag‘riga qaytdi

Bola onasi bag‘riga qaytdi

Bolalar ota-onasi bilan baxtiyor. Afsuski, hayot ba’zan farzandlar taqdiriga shafqat qilmaydi. Ota-ona ajrashib ketgach, oilada voyaga yetayotgan bolalar otasini tanlasa, ona mehridan, onasini desa, ota mehridan mosuvo bo‘lib yashashga majbur bo‘ladi.

Sud ijro varaqasiga asosan jomboylik G.J.dan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga 2021 yilda tug‘ilgan farzandini olib berish belgilangandi.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ushbu hujjat asosida amaliy harakatlar olib borildi.

Bolalarni majburiy tartibda olib berish oson kechmaydi, albatta. Byuro xodimlari vakolati doirasida xizmat vazifasini bajardi. Ammo farzandlari yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan birday bahramand bo‘lib voyaga yetishga haqli ekanini unutmaslik kerak. Buni arzimas sabablar bilan ajrashib ketayotgan shaxslar o‘ylab ko‘rishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hasan BOZORBOEV,

Majburiy ijro byurosining
Jomboy tuman bo‘limi 
davlat ijrochisi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bola onasi bag‘riga qaytdi