date

Krishtianu Ronaldu italiyalik model qizga oshiq bo‘lib qoldimi?

Krishtianu Ronaldu italiyalik model qizga oshiq bo‘lib qoldimi?

Uch karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu Ibisadagi restoranlarning birida italiyalik model Kristina Buchchino bilan uchrashdi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar bermoqda.

Futbolchining bu ishi darrov ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Nima gap ekanini so‘ragan muxlislarga futbolchi ham, Kristina Buchchino ham aniq javob bermadi.

“Men restoranga kelganimda Ronaldu o‘sha erda edi. Ko‘z ko‘zga tushdi va men uning kechki ovqatga taklifini qabul qildim. Ronaldu zo‘r yigit ekan”, – dedi Kristina Buchchino.

Krishtianu Ronaldu dam olish jarayonida tinmay turli voqealar markaziga tushib qolmoqda. Bir necha kun avval u selfi tushishga intilgan muxlisini turtib yuborib, kibrlik va manmanlikda ayblangandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Krishtianu Ronaldu italiyalik model qizga oshiq bo‘lib qoldimi?