09:36 / 19.11.2023
268

Farg‘onada yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qoidani buzdi

Farg‘onada yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qoidani buzdi

Kadr: Telegram

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi qoidani buzdi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli bo‘lgan maxsus transport vositasining yo‘l harakati qoidalarini buzgani aks etgan videolar tarqaldi.

Lacetti rusumli 40145VSF davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi Qo‘qon shahri To‘laboy ko‘chasida amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 91-bandiga amal qilmay, piyodalar yo‘lkasida to‘xtab turgani uchun haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat