20:40 / 20.11.2023
143

Samarqandda boshqaruv servis kompaniyalari manfaatiga 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

Samarqandda boshqaruv servis kompaniyalari manfaatiga 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

 Kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan e’tirozlarni ular yuzaga kelishi bilan yozma shaklda bildirish orqali ularning o‘sha zahoti bartaraf etilishiga yoxud boshqa qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishish lozim. Biroq, indamay turib, xizmatlar haqqini to‘lashdan o‘zboshimchalik bilan bosh tortish qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, uni esa baribir to‘lashga to‘g‘ri keladi.

 Xususan, Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan mavjud qarzdorliklarni kamaytirish borasida joylarda va aholi o‘rtasida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni tegishli xizmatlarning eslatishiga o‘rin qoldirmay, o‘z vaqtida to‘lash kerakligi to‘g‘risida keng qamrovli tushuntirish ishlari hamda undiruvlar tashkil etilgan.

 Jumladan, Byuroning davlat ijrochilari hamda Boshqaruv servis kompaniyalari bilan hamkorlikda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatlari hamda targ‘ibot tadbirlari davomida 1034 ta aholi xonadonlariga ishchi guruh a’zolari yetib borgan va Boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga  2 mlrd. 70 mln. so‘mlik qarzdorliklar undirilishi ta’minlangan.

Shuningdek, ijro hujjatlari ham amalda tamomlanmoqda. Tadbirlar davom etmoqda...

Byuroning viloyat boshqarmasi katta inspektori 

Adxam RASHIDOV.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat