22:01 / 22.11.2023
195

Hazoraspda 5 ta noqonuniy qurilma buzdirildi

Hazoraspda 5 ta noqonuniy qurilma buzdirildi

Ayrim hollarda, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligini inkor etib bo‘lmaydi.

Hozirda, Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi va uning tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan ham sud qarorlariga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining da’vogar Kadastr agentligining Hazorasp tumani bo‘limi foydasiga Hazorasp tumani Sanoat qishloq xo‘jalik yer xaritasining 65-qism konturida javobgar M.Maxmudov tomonidan tegishli tashkilotlarning ruxsatini olmay turib, o‘zboshimchalik bilan 210 kv.metr yer maydonida qurilgan molxona binosi, javobgar S.Eshchanov tomonidan tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz 159,0 kv.metr yer maydonida qurilgan molxona, javobgar K.Maxmudov tomonidan o‘zboshimchalik bilan 130,0 kv.metr yer maydonida qurilgan garaj va molxona qurilmalari, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining javobgar K.Bekchanov tomonidan noqonuniy ravishda, tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 88,0 kv.metr yer maydonida qurilgan molxona va hojatxona, javobgar E.Atamuratov tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 135,0 kv.metr yer maydonida qurilgan molxona binolarini javobgar hisobidan buzib tashlash va yer maydonini oldingi holatga keltirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Hazorasp tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda buzdirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat