23:30 / 22.11.2023
190

O‘zbekiston va Rossiya yana bir sohada hamkorlik memorandumini imzoladi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi

O‘zbekiston va Rossiya Transport sohasida nazorat organlari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Transport haftaligi-2023 doirasida Rossiya Transport sohasida nazorat qilish Federal xizmati va O‘zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi o‘rtasida avtomobil transporti va yo‘l xo‘jaligi, shuningdek, temiryo‘l transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Hujjatni transport nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov va “Rostransnadzor” rahbari Viktor Basargin imzoladi. Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda:

  • tomonlarning huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tajriba almashish;
  • yo‘l harakati xavfsizligi va temir yo‘l transportidan foydalanish qoidalari buzilishi to‘g‘risida ma’lumot almashish;
  • raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat