11:46 / 23.11.2023
196

Sergelida Milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan erkak qo‘lga olindi

Kadr: Telegram

Voqea noyabr o‘rtalarida “Sergeli dehqon bozori”da Milliy gvardiya xodimi va fuqaro o‘rtasida yuz bergandi. Fuqaro xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, janjal ko‘targan va hodisa joyidan ketib qolgan. Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs topilib, unga chora ko‘rilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur holatni 42 yoshli S.J. sodir etgani aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Shayxontohur tumanida doimiy yashaydi, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan sudlangan. Oilali, muayyan bir mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi.

Fuqaro S.J. 2023-yilning 12-noyabr kuni Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchasi oldida bo‘la turib, qo‘lidagi chiqindilarni shu yerga o‘rnatilgan maxsus chiqindi qutisiga tashlamay, piyodalar yo‘lagiga qasddan tashlagan.

Mazkur holatni ko‘rgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida fuqaroga belgilanmagan joyga tashlangan chiqindilarni maxsus chiqindi qutisiga tashlash talabini qo‘yganida, S.J. talablarni bajarishdan bosh tortib, xizmat vazifasini bajarayotgan harbiy xizmatchiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Fuqaro xodimni omma oldida obro‘sizlantirgani va haqorat qilgani uchun uning xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida to‘plangan hujjatlar Sergeli tuman prokuraturasiga yuborilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat