“O‘zbekiston havo yo‘llari” 1991 yilda tug‘ilganlarga bepul chiptalar taqdim etyapti

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qildi, deb xabar beradi “qalampir.uz”
Unga ko‘ra, 1991 yilning 1 sentyabrida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘zbekiston shaharlariga tashrif buyurish imkoniyatini yaratadi.
1991 yilning 1 sentyabrida tug‘ilgan O‘zbekiston faqurolari bayram munosabati bilan O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ularga bepul aviachiptalar taqdim etiladi.
Mazkur aksiya joriy yilning 1 sentyabridan 31 oktyabrigacha bo‘lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga nisbatan tadbiq etiladi.
1991 yilning 1 sentyabrida tug‘ilgan fuqarolar esa 1 avgustdan boshlab, sovg‘a-aviachiptani rasmiylashtirish uchun “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning aviachiptalarni sotish shoxobchalariga murojaat qilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing