Import qilinayotgan avtotransport uchun to‘lovlar to‘lanmagani sabab mashina musodara qilindi
Import qilinayotgan avtotransportni bojxona orqali rasmiylashtirish qoidalari buzilganligi natijasida avtomashina musodara qilindi.
Sababi, huquqbuzar D.S. va boshqalar “Lasetti” rusumli transport vositasini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin o‘ttiz kun ichida uni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqib ketishmagan.
Ish hujjatlarida, huquqbuzarlar o‘tkazib yuborilgan 349 kun muddat ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan 47.939.850 so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovini to‘lamaganligi ko‘rsatilgan.
Shunga ko‘ra, huquqbuzarlarning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 227-16-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinib, sud tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi jarima maydonchasida saqlanayotgan “Lasetti” rusumli transport vositasi musodara qilinishi bo‘yicha ijro hujjati Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limiga yuborilgan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi avtomashinani ko‘zdan kechirdi. Hozirda “Lasetti” avtomashinasini elektron onlayn auksion savdosi orqali sotish harakatlari olib borilmoqda.
Kelgusida sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring