09:30 / 26.11.2023
200

Farg‘onada kelin sepi kuyovdan majburan qaytarib olib berildi

Foto: MIB axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida joriy yil avgustda qurilgan nikoh ikki oy ham o‘tmay kelishmovchilik sababli buziladi va kelin-kuyov boshqa-boshqa yashay boshlaydi. Kelin kuyovdan sepini qaytarishni talab qilib, sudga murojaat qilgan. Bu haqda MIB axborot xizmati maʼlum qildi.

Qonunchilikda vindikatsion daʼvo degan tushuncha bor (Fuqarolik kodeksi 228-modda). Unga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli deyilgan.

Foto: MIB axborot xizmati

Vindikatsion daʼvo qoidalariga asosan kelinga o‘z sepidagi mol-mulklarni olib berish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi oktyabr oyida qaror chiqarib, uni MIBga yuborgan.

Ijro hujjatiga asosan undiruvchi M.Z. foydasiga qarzdor A.A.dan jami 34 turdagi 10 million 920 ming so‘mlik mulklar olib berilishi ko‘rsatilgan. Kelin sepida 1ta stenka, 6 ta katta ko‘rpa, 6 ta kichik ko‘rpa, 8 ta davrixona, yostiq, 1 dona toshoyna, 1 dona dazmol, 1 dona elektr choynak, 1 dona dazmol stoli, 1 dona mantiqasqon, 2 dona tog‘ora, 1 dona poyabzal qo‘yadigan va boshqa ashyolar ko‘rsatib o‘tilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 20-noyabr kuni undiruvchi M.Z.ga qarzdor A.A.dan jami mulklar to‘liq olib berilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat