11:14 / 26.11.2023
194

Farg‘onada ehson qutisini o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi

Farg‘onada ehson qutisini o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda 20 noyabr kuni tungi soat 02:12 larda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi «Sarmazor» jome masjidiga Damas'da noma’lum shaxslar kelib, ehson qutisini olib ketganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ushbu shaxslar qo‘lga olingani, ular oldinroq boshqa masjidlardan ham ehson qutilarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangani haqida xabar bergan.

«O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida E.N., B.B. hamda S.A. birga Oltiariq tumanidagi jome masjidlaridan ham ehson qutilarini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan», — deyiladi viloyat IIB axborotida.

IIBdagilar bergan xabarga ko‘ra, Qo‘shtepada olib ketilgan ehson qutisi ichida 80 ming so‘m bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda ulardan qo‘lqop va niqoblar daliliy ashyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat