14:15 / 27.11.2023
177

Samarqandda uchastka nozirini urib, mashinasiga zarar yetkazgan shaxslar hibsga olindi

Samarqandda uchastka nozirini urib, mashinasiga zarar yetkazgan shaxslar hibsga olindi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand shahrining Bunyod mahallasida yashovchi fuqaro M.R. 102 operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, yashash xonadonida janjal bo‘layotganligini ma’lum qilib, profilaktika inspektorini yuborishni so‘ragan.

Hodisa 2023 yil 20 noyabr soat 19:30 da sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev xabar bermoqda.

Chaqiruvga ko‘ra, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB profilaktika noziri leytenant A.Toshpo‘lotov fuqaroning yashash xonadoniga borgan.

Inspektor muqaddam jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R., uning opasi, turmush o‘rtog‘i va ukasi o‘zaro janjallashayotganligini ko‘rib, ularni ajratmoqchi bo‘lgan.

Janjalga chek qo‘yish jarayonida fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uni turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, unga tegishli bo‘lgan mashinaning old oynasini sindirib, moddiy zarar yetkazishgan.

Qayd etilishicha, voqea joyi tegishli tartibda ko‘zdan kechirilib, fuqarolarga nisbatan jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular protsessual tartibda qamoqqa olingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat