Davlat budjetining aksariyati qismi aynan soliqlar hisobidan shakllanishi barchamizga ma’lum.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z muddatida tushishi davlat miqyosida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarning, ya’ni budjet va maqsadli jamg‘armalarning xarajat qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Biroq, ayrim yuridik shaxslar soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash lozimligini “unutib” qo‘ymoqdalar. Xususan, Byuroning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan qarzdor korxonadan soliq qarzdorliklari yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsada, qarzdorlikni to‘lashni paysalga solib kelganligi sababli, unga tegishli yuk tashish avtotransport vositalari xatlangach, soliq qarzdorligini to‘lashga majbur bo‘lishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing