Foto: Telegram / Erkin Abdulahadov
Toshkent viloyatining tog‘li Bo‘stonliq tumanidagi Oqtosh qishlog‘ida bodom gullagani xabar qilindi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahadovning ma’lumot berishicha, bu hudud uchun ommaviy gullashga o‘xshamaydi.
«Oy davomida yuqori issiqlik to‘lqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulashishda davom etmoqda.
Hatto tog‘larda qishki uyquga otlangan bodom daraxtida qayta faollik hamda gullash davri kuzatilibdi.
Bu hudud uchun ommaviy gullashga o‘xshamaydi. Menimcha, mikroiqlim yoki daraxt ildizi atrofida issiqlik uzatish tizimlari ta’siri bo‘lishi mumkin (balki daraxt fiziologiyasida muammolar bordir)», deb yozadi Erkin Abdulahadov.
Ta’kidlanishicha, bu tog‘ landshafti uchun juda noodatiy hodisa hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi