17:30 / 29.11.2023
121

Davlat budjeti foydasiga qarzdorlik undirildi

Davlat budjeti foydasiga qarzdorlik undirildi

Davlatning iqtisodiy rivojlanishida budjet mablag‘lari (soliqlar, davlat bojlari va boshqalar) muhim rol o‘ynaydi va davlatning iqtisodiy qudratini ortishiga hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, ushbu mablag‘lar, ish haqi, nafaqalar, kambag‘allikni qisqartirish, “Temir”, “Ayollar” hamda “Yoshlar” daftarlariga yo‘naltirilishini hammamiz yaxshi bilamiz.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 25.11.2022 yildagi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Buxoro mintaqaviy filiali manfaatida qarzdorlar «RED RER/ AND FAMILY» MCHJ, «BUXARA KANS MARKET» XK va boshqalarga nisbatan 1.268.862.367 so‘m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bilan ushbu korxonalardan solidar tartibda 57.988.180 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan, ijro harakatlariga kirishilgan.

Qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorlikni bartaraf etish uchun qarzdorlarga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Byuroning Buxoro tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, 28.11.2023 yilda qarzdorlardan ushbu 57.988.180 so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, davlat budjetiga yo‘naltirilgan va ijro hujjati ish yurituvidan tamomlangan.

Shuningdek, qarzdorlar tomonidan 1.268.862.367 so‘m kredit qarzdorligi ham to‘liq to‘langan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat