Foto: Ekologiya vazirligi
Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to‘plash va olib ketish xizmati narxi ko‘tarildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 29 noyabr kuni qaror qabul qildi.
Qayd qilinishicha, xizmat narxi aholi uchun oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53986 so‘mdan 89966 so‘mgacha oshgan. Tariflar 15 kundan keyin (14 dekabrdan) amal qilishi kutilmoqda.
Budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub.m. qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 so‘mga (hozirda 53 986,56 so‘m), 1 tonna chiqindi — 188 808,96 so‘mga (hozirda 20174 so‘m) qimmatlashadi.
Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116461,34 so‘m (hozirda 22275 so‘m).
Chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oxirgi marta 2019 yil yanvarida oshirilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring