Illustrativ foto
26 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo» arenada qozog‘istonlik reper Jah Khalib'ning konsertida tartibsizliklar yuz berdi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklarda Milliy gvardiya xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, 27 noyabr kuni «ko‘cha bollari»ga nisbatan reydlar boshlangan.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Ichki ishlar vazirligining vaqtincha saqlash hibsxonalarida qolmoqda. Ularning harakatlariga tergov yakunlariga ko‘ra baho beriladi.
Bundan oldinroq Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Atamurad Ahmedov ishdan olinib, uning o‘rniga Mirzaakbar Madumarov tayinlangani haqida xabar berilgandi.
ToshkentJah KhalibHumo ArenaKo‘cha BollariMilliy GvardiyaTartibsizliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing