Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot ximzati xabar berdi.
Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlangan. Jumladan,
1. 1971 yilda tug‘ilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
2. 1980 yilda tug‘ilgan Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
3. 1972 yilda tug‘ilgan Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
Bu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring