Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Hisobotlarni vaqtida topshirmaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Yuridik shaxsning rahbariga esa BHMning 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari F.A. ham jami 16 marotaba soliq hisobotlarini topshirish muddatiga amal qilmagan. Shunga ko‘ra, davlat soliq organlari tomonidan ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar chiqarilib, Byuroning Andijon shahar bo‘limiga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor F.A.ga tegishli ko‘chmas mulklarga taqiq qo‘yilgan. Shuningdek, ma’muriy jarimalarni to‘lashi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.
Natijada, qarzdor F.A.dan 44,7 mln. so‘m ma’muriy jarima pullari to‘liq undirilib, davlat budjetiga yo‘naltirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring