Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilib, tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu o‘rinda, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan tadbirkorlarr huquq hamda qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida ijro hujjatlari asosida yuridik shaxslar foydasiga 358,5 mlrd. so‘mdan ortiq to‘lovlar undirib berilishi ta’minlandi.
Misol uchun, Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 03.10.2023 yildagi undiruvchi “J.P” MCHJ foydasiga qarzdor “M.M” MCHJdan 397.069.960 so‘m qarz, 21.353.498 so‘m penya hamda 33.000 so‘m pochta xarajati undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Navoiy shahar bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning barcha hisob raqamlariga band solinib, mol-mulklari xatlanib, jami 418.456.458 so‘m qarz summalari to‘liq undirilib, “J.P” MCHJning hisob raqamiga ko‘chirib berilishi ta’minlandi.
Qarzdorlikning summasi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar bunday tadbirkor manfaatini himoya qilish byuroning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring