09:45 / 06.12.2023
471

Qashqadaryo hokimi: “Mahalla odamlaridan, xalqdan uyalib ketdim”

Qashqadaryo hokimi: “Mahalla odamlaridan, xalqdan uyalib ketdim”

Foto: Videodan kadr 

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov murojaatchi fuqarolardan birining xonadoniga borib, mehnatga layoqatli, zabardast yigitning ishlamay, “davlatning qo‘liga qarab yotganiga” guvoh bo‘lganini, uning uyiga haqiqiy muhtoj degan ma’noda bozor-o‘char qilib borganidan uyalib ketganini ma’lum qildi.

 Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning bildirishicha, voqea sabab hudud hokimi va shu mahalla raisi jazolangan.

"Zabardast yigit, ishlamay yotibdi. Nima uchun men uning uyiga bozor-o‘char qilib olib borishim kerak? O‘zim uyalib ketdim xalqdan, mahalla odamlaridan. Odamlar viloyat hokimi bir dangasaning uyiga bozorlik qilib olib keldimi deyishlaridan", — degan viloyat hokimi.

Ma’lum bo‘lishicha, Murodjon Azimov bu voqeani sayyor qabuliga kelgan murojaatchilarga gapirib bergan.

"O‘sha uyga kirganimga o‘zim pushaymon yedim. Yog‘, un, butun bozorlik qilib boribman. Borsam, xotini bor, bola-chaqasi bor yigit, ishlamay yotibdi. Bu fuqaro yotib qolgan bo‘lmasa, kasal bo‘lmasa, nogiron bo‘lmasa nega biz unga yordam berishimiz kerak? Shu fuqaroning yon qo‘shnisining uyiga kirdim, mol ham bor, qo‘y ham bor, echki ham bor. Tomorqaga ham qaragan. Uning tomorqasida esa yantoq bosib ketgan", — degan viloyat rahbari voqea haqida gapirgan hokim.

Murodjon Azimovning aytishicha, viloyat rahbarini shunday xonadonga olib borgan hokim va MFY raisi jazolangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat