18:21 / 07.12.2023
214

Andijonda qalbaki dorilarni tug‘uruqxonalar, shifoxonalar, xususiy klinikalarga yetkazib berganlar qamoqqa olindi

Andijonda qalbaki dorilarni tug‘uruqxonalar, shifoxonalar, xususiy klinikalarga yetkazib berganlar qamoqqa olindi

Foto: Videodan kadrlar

DXX qalbaki dori vositalarini Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahriga yetkazib bergan shaxslarni qo‘lga oldi.

DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, sifati kafolatlanmagan hamda qalbaki tibbiyot dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashina Andijon shahridagi “Yangibozor” savdo majmuasi oldida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 171 quti “Ferrouz” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadonida jami 5593 qutida 8 xil turdagi qalbaki dori vositalari va ularni qadoqlashda foydalaniladigan bo‘sh qutilar, turli xildagi dori vositalarining yo‘riqnoma va yorliqlari borligi aniqlangan.

Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan 3 kishining xonadonlari hamda ularga tegishli bo‘lgan manzillarda ham ko‘p miqdordagi qalbaki dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-tintuv tadbirlari natijasida umumiy qiymati 700 million so‘mdan ortiq bo‘lgan, jami 14 turdagi 10686 dona dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur shaxslar o‘zaro kelishgan holda yashash xonadonlarida qalbaki dori vositalarini tayyorlab, kelgusida sotish maqsadida Andijon shahridagi tug‘uruqxonalar, shifoxonalar, xususiy klinikalar hamda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahriga yetkazib bergan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 5 000 qutidan ortiq qalbaki dori vositalari qaytarib olinib, aholi orasida tarqalishining oldi olindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat