13:53 / 08.12.2023
165

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona rahbari ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida psixotrop hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro SH.S. jami 40 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 560 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F” XKga qarashli dorixona sotuvchisi D.A. hech qanday hujjatsiz jami 80 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.B.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “O.F.” MCHJga qarashli dorixona rahbari D.X. fuqaro B.S.ga xorijda ishlab chiqarilgan 20 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat