O‘zbekistondan 400 nafar hamshira Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi

O‘zbekistondan 400 nafar hamshira Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi
Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, vazir Behzod Musayev Germaniyaning Aconnecta kompaniyasi bosh direktorlari Anastasiya Kol va Aleksey Sverdlov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston fuqarolarining tashkiliy tarzda Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish sohasida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistondan 400 nafar hamshira Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi

Muzokaralar davomida vazirlik va mazkur tashkilot o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Aconnecta kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolandi. Endilikda germaniyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan kasb-hunarga o‘qitish hamda tayyorlash bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi. 

O‘zbekistondan 400 nafar hamshira Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi

Loyiha doirasida mamlakatdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Germaniya standartlari asosida hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yilda 400 nafar hamshirani Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuborish rejalashtirilmoqda. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni Germaniyada munosib ish va yashash sharoiti bilan ta’minlash hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha ikki tomonlama choralar ko‘riladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar