«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, yangi haftada ob-havo asta-sekin isishni boshlaydi.
12-13 dekabr kunlari kuz-qish mavsumi uchun birinchi eng sovuq haroratlar kuzatilishi mumkin.
14 dekabr kunidan boshlab haroratlar asta-sekin ko‘tarilib boradi.
Hatto janubiy viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +13 darajagacha, shimolda +0 daraja, boshqa viloyatlarda +5 darajagacha iliq haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.
12-14 dekabr kunlari uchun yog‘inlar 12 dekabrda asosan qor ko‘rinishida bo‘lishi aytilgan.
13-14 dekabr kunlari esa havo ochiq, yog‘insiz quruq izg‘irin bo‘lishi prognoz qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar