17:30 / 11.12.2023
205

Ulug‘norda aliment o‘rniga uy berildi

Ulug‘norda aliment o‘rniga uy berildi

Ulug‘norda aliment to‘lovchi ota aliment qarzlari evaziga farzandlari uchun 6 xonali xonadonni o‘tkazib berdi.

Gap shundaki, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining ijro hujjatiga binoan qarzdor B.Soliyevdan undiruvchi M.Axmedova foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi belgilangan.

Qarzdor B.Soliyev sudning hujjatiga beparvolik bilan qarab Byuro xodimlari ogohlantirishlariga qaramay aliment pullarini to‘lamasdan kelgan. Shu sababli, qarzdorga 15.02.2023 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

B.Soliyev jazo muddatini o‘tab chiqqanidan so‘ng ham tegishli xulosa chiqarmasdan aliment pullarini bermay kelgan.

Byuroning Ulug‘nor tuman bo‘limi xodimlari qarzdor otani takroriy ogohlantirib, uning ushbu harakatlari kelgusida jinoiy jazo tayinlanishiga olib borishi mumkinligini tushuntirgan.

Profilaktik suhbatlar samarasi o‘laroq, ota farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari o‘rniga 15 sotixli 6 xonadan iborat uy-joyni  undiruvchi M.Axmedova nomiga rasmiylashtirib berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat