17:44 / 12.12.2023
810

O‘zbekistonda oxirgi 50 yildagi eng sovuq dekabr oyi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda oxirgi 50 yildagi eng sovuq dekabr oyi haqida ma’lumot berildi

Mamlakatda bundan 39 yil ilgari so‘nggi 50 yillikdagi eng sovuq dekabr oyi bo‘lgan. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1984 yil dekabr oyida havo harorati kechasi sovuqning eng yuqori cho‘qqisida 18-23 darajagacha, ba’zi joylarda 25-27 darajagacha pasaygan.

2021 yil dekabr oyida esa so‘nggi 50 yildagi eng issiq harorat kuzatilgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 2-4 daraja yuqori bo‘lgan. Eng issiq kunlarda havo harorati kunduzi 20-25 darajagacha, janubda 26-28 darajagacha ko‘tarilgan. Toshkentda dekabr oyi uchun mutlaq maksimal havo harorati 1915 yilda kuzatilgan, u 27,3 daraja issiqni tashkil etgan. Dekabr oyi uchun mutlaq minimal havo harorati, ya’ni 29,5 daraja sovuq 1930 yilda qayd etilgan”, — deya eslatgan “O‘zgidromet”.

Markazga ko‘ra, 2022 yilning dekabr oyi birinchi kunlaridanoq qor yog‘ishi va havo haroratining keskin pasayishi bilan o‘zining qishki xarakterini ko‘rsatgan. Juda sovuq havo deyarli oyning o‘rtalariga qadar davom etgan. Kechasi bu davrda havo harorati ko‘pchilik hududlarda 10-15 darajagacha, shimoliy va cho‘l hududlarda 19-24 darajagacha pasaygan. Faqatgina respublika janubida va Farg‘ona vodiysida havo unchalik sovuq bo‘lmagan, minimal harorat 1-6 daraja sovuq atrofida bo‘lgan.

Dekabr oyida respublika tekislik hududlarida yog‘ingarchilik ko‘pincha aralash shaklda tushadi (yomg‘ir qorga aylanadi), tog‘larda esa qor qoplamining faol shakllanishi kuzatiladi. O‘tgan yili qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik respublikaning markaziy tumanlari tekisliklari bo‘ylab qor qoplamining shakllanishiga olib kelgan va bu qariyb 10 kun davom etgan. Maksimal qor balandligi 7-12 sm, ba’zi joylarda 13-17 sm gacha bo‘lgan. Tog‘li hududlarda qor qoplamining balandligi 40-90 sm ga yetgan”, — deb axborot bergan markaz.

Shuningdek, “O‘zgidromet” bu yilgi dekabr oyida havo harorati nisbatan iliq bo‘lishini prognoz qilgan.

O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat, chunki bu qish oyi. Eng issiq kunlarda havo harorati 15-18 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha ko‘tariladi”, — deya taxminiy ko‘rsatkichlar taqdim etilgan.

Prognozlarga qaraganda, 11-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan sovuq havo massalarining kirib kelishi davom etadi. Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat