Foto: TIV
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 5-6 dekabr kunlari Bag‘dod shahrida Iroq sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid Battol an-Najm, vazirlar mahkamasi huzuridagi Investitsiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin va Savdo-sanoat palatasi prezidenti Omir Zalaf Alaviy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlarini Iroq bozoriga yetkazib berishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvlar doirasida bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring