21:10 / 15.12.2023
141

Soliq qarzdorligini o‘z vaqtida bartaraf etish lozim

Soliq qarzdorligini o‘z vaqtida bartaraf etish lozim

Majburiy ijro byurosi Camarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ish yurituvdagi davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida davlat foydasiga oid 214 mingdan ortiq ijro hujjatlari tamomlanib, 782 mlrd. so‘m amalda undirilgan.

Soliq qarzdorligini undirish alohida nazoratga olingan bo‘lib, birgina dekabr oyida 36,7 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi amalda undirildi.

Shuningdek, qoldiqdagi ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli 126,7 mlrd. so‘mlik 1 021 ta ( 717 ta avtotransport va maxsus texnikalar, 304 ta ko‘chmas mulk) mol-mulklar xatlovga olinib, savdoga chiqarilgan.

Bu borada ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat