O‘zbekiston Respublikasining «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi tuzilmasi 7 ta bob va 45 ta modda (amaldagi 6 ta bob 28 ta moddadan) iborat.
Qonun loyihasining asosiy maqsadlari:
- biznesning «soyadan» chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish;
- ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish;
- yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish holatlarini aniqlash va bartaraf etish.
Qonun loyihasi eskirgan va havolaki normalar qayta ko‘rib chiqishga, quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yangi normalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan:
- rieltorlik faoliyatini tartibga solish shakli sifatida litsenziyalashni bekor qilish va ba’zi funksiyalarni o‘zini-o‘zi boshqarish jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish;
- rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi va rieltor faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, rieltorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorati tekshiruvidan o‘tkazish;
- manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga yo‘naltirilgan, rieltorlar professional faoliyatining axloqiy qoidalariga rioya qilish;
- barcha ishtirokchilar o‘rtasida jinoiy sxemalarga qarshi kurashish va ularni yo‘q qilish hamda moliyaviy intizomni mustahkamlash mexanizmlarini yaratish;
- ko‘chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilarining mulk huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yaratish;
- rieltorlik faoliyatini tartibga soladigan normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish.
Rieltorlik faoliyatini tartibga solish shakli sifatida litsenziyalashni bekor qilish va davlat organi funksiyalarining bir qismini professional jamoat birlashmalariga o‘tkazishni nazarda tutadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi