14:23 / 20.12.2023
339

Yer – davlat mulki, har qarich yerning hisob-kitobi bor

Yer – davlat mulki, har qarich yerning hisob-kitobi bor

Yer – davlat mulki. Uning har qarichidan asrab-avaylab foydalanish barchaning birdek burchidir. Biroq yer to‘g‘risidagi qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilayotganiga qaramasdan, yerlarni noqonuniy egallash va noqonuniy obyektlar qurish bilan bog‘liq jarayonlar hamon davom etayotgani achinarlidir.

Bunday qaltis ishga qo‘l urayotganlarga sud organlari orqali qonuniy choralar ko‘rilib, barpo etilgan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarning tegishli qarorlari asosida majburiy ijro organlari tomonidan ijrosi ta’minlanib kelmoqda.

Fuqaro B.P. ham Xiva shahar, “Yangi hayot” mahallasida 20,0 kv.metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy yengil konstruksiyali shahobcha qurib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan. Shu sababli, Kadastr agentligining Xiva shahar bo‘limi ushbu joydagi noqonuniy qurilmani buzdirilishini sud orqali so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar B.P. tomonidan Xiva shahar, “Yangi hayot” mahallasi yer xaritasining 669-qism konturida aholi punktidagi 20,0 kv.metr yer maydonida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy yengil konstruksiyali shahobchani javobgar tomonidan buzib tashlash va yer maydonini oldingi holatga keltirish belgilangan.

Byuroning Xiva shahar bo‘limi tomonidan qarzdor B.P. bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda buzmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari davomida buzdirilishi ta’minlandi.

Yerlarni talon-toroj qilishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masala bilan bog‘liq munosabatlar tenglik va ochiqlik asosida amalga oshiriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat