“2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼiy nazar):
- 22 mart – juma;
- 11 aprel – payshanba;
- 18 iyun – seshanba;
- 3 sentyabr – seshanba;
- 31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 2 yanvar – seshanba;
- 23 mart – shanba;
- 12 aprel – juma;
- 31 avgust – shanba;
- 30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 6 yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
- 13 aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
- 14 dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.
YilQo‘shimcha Dam Olish KunlariRasmiy SanalarPrezident FarmoniIsh HaftasiXodimlar Uchun O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing