O‘zbekiston fuqarolari Litvaga yuk avtomobili haydovchiligiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ish turi — “CE” toifali guvohnomaga ega yuk avtomobili haydovchisi. Ish haqi: oyiga 2000 yevrodan boshlanadi (netto - soliqlar ushlangandan keyin). Sug‘urta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi. Nomzodlar uchun talablar:

  • 27-45 yoshdagi erkaklar;
  • rus tilini bilishi;
  • “CE” haydovchilik guvohnomasi;
  • sudlanmaganlik;
  • kamida 1-yillik tajriba;
  • O‘zbekistondan chiqishga taʼqiq bo‘lmasligi;
  • haydovchilik kartasi;
  • KOD-95 sertifikati bo‘lishi shart.

Ro‘yxatdan o‘tish