date
views 188

Jizzaxda uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Jizzaxda uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Foto: Jizzax viloyat FVB axborot xizmati

Jizzax viloyatida uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax shahar Shodlik mahallasida  fuqaro shlakli blok ishlab chiqaruvchi uskunaga qisilib qolgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga xabar tushgan.

Zudlik bilan boshqarma YOQO qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi yordam ko‘rsatishgan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida uskunaga tushib ketgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda uskunaga tushib ketgan fuqaroning hayoti saqlab qolindi