Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi xodimlari tomonidan alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqarolarning mas’uliyatini oshirish choralari ko‘rib borilmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 14.06.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.Ya.dan undiruvchi U.A. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Qarzdor M.Ya. o‘z tashabbusi bilan farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lovini hisoblatib, kelgusi 5 yilga jami 102,7 mln. so‘m aliment pullarini undiruvchi U.A.ning nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berdi.
Albatta, aliment pullari ota-ona o‘rnini bosa olmaydi. O‘z o‘rnida, aliment to‘lovchi ota-onalardan arzimagan kelishmovchiliklar sababli farzandlarini tirik yetim qilmasdan, oilasini qayta tiklash choralarini ko‘rishga chorlab qolamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring