Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentda metrodan foylanish 31 dekabr kuni bepul bo‘ladi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
31 dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring