Foto: Dunyo AA
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov Hindistonning Amtrak Technologies Pvt. Ltd. kompaniyasi direktori Sandip Arya bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Xorazm viloyati va mazkur hind kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish, axborot texnologiyalari yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mamlakatda xorijiy yetakchi kompaniyalar va sarmoyadorlar faoliyati uchun yaratilgan qulay muhit haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Amtrak Technologies Pvt. Ltd. O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik rishtalarini o‘rnatgan. Xususan, kompaniya Javaharla’l Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi, O‘zbekiston-Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, Qurolli kuchlar akademiyasida kompyuter laboratoriyasi sinfini jihozlash kabi loyihalarni hayotga tatbiq etishda faol qatnashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring