
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda 17 yoshli qiz “er qidirib” yurgani aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, videoda Davlatobod tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.R.ning xatti-harakatlari aks etgan bo‘lib, videolavha Yangi Namangan tumanidagi go‘zallik saloni xodimlari tomonidan salon mijozlari va kanalidagi obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida olingan.
Holat yuzasidan mas’ul idoralar vakillari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar