O‘zbekistonda koronavirusga qarshi «pomidor-vaksina» yaratildi

1 daqiqa o'qish186
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi «pomidor-vaksina» yaratildi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi «pomidor-vaksina» yaratildi
O‘zbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi marta pomidor o‘simligidan  to‘g‘ridan to‘g‘ri ist’yemol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi.
 
Olimlar tomonidan koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilib, pomidor hujayrasi genomiga kiritildi. Bu hujayralardan S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor o‘simligi olindi. Bunday o‘simliklardan olingan pomidor mevasida 0.77 mkg/gr miqdorida turg‘un S1 antigen oqsili sintez bo‘lishi ko‘rsatib berildi va «Tomavac» vaksinasi sifatida tanlab olindi.
 
Yaratilgan «Tomavac» vaksinasi sinovlari sichqonlar va ko‘ngilli insonlar qon zardobida (IgG) va ichakda yuqori miqdorlarda neytrallovchi antitanachalar (IgA) hosil bo‘lishini isbotladi.
 
Bunda tajriba sichqonlarida va ko‘ngillilarda salbiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi.
 
Ushbu tadqiqot «Tomavac»ni ikki bosqichli (ichak shilliq pardasi va qonda) himoyani ta’minlovchi  xavfsiz vaksinaligini ko‘rsatdi va u birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ist’yemol qilinadigan COVID-19 vatsinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.
 
Muhimi, yaratilgan vektor tizimi va tajriba asosida, zarur hollarda, mamlakatimizda turli infeksiyalarga qarshi vaksinalarni qisqa muddatlarda yaratish va joriy etish imkoniyati va yangi avlod mutaxassislari shakllantirildi.
 
Vaksina ustidagi tadqiqotlar xorijning nufuzli «Frontiers in Nutritional Immunology» (IF=5.0) jurnalida nashr qilinib, sichqonlarda hamda ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilgan birinchi faza immunogenlik va bioxafsizlik sinovlari natijasi e’lon qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?