Suriyada terroristik tashkilotga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan andijonlik yigit qidirilmoqda, deb xabar bermoqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Sodiqov Muhammadsiddiq 1996 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. U otasi ta’sirida diniy mutaasiblashib, otasi bilan birga Turkiya orqali Suriyaning Idlib shahridagi “Imom Buxoriy katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
U hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib, O‘zbekiston madaniy ta’lim va birdamlik uyishmasi ro‘yxatidan o‘tgan holda Sodiq Samarqandiyga tegishli madrasada ta’lim berib kelmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan 2017 yilda Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi, 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin