Foto: IIV matbuot kotibi
Xorazm viloyatining Urganch shahrida 14 yoshli bola otasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bu bolaning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videosi tarqaldi.
IIV matbuot kotibining maʼlum qilishicha, ushbu bolaga tan jarohatlar 2024 yil 7 yanvar kuni o‘zining otasi, 1972 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan yetkazilgan.
Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar