Samarqandda ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimi pora olganlikda ayblanib, sudlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulung‘ur tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga korxonasining soliq bazasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va ijtimoiy soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytgan.
Soliqchi ushbu “xizmati” evaziga 1000 dollar talab qilgan. Shundan so‘ng u tadbirkorning 300 millionga yaqin soliq va penya qarzdorligini kamaytirishda Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasida kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlovchi tanishini sherik qilgan.
Soliqchi Samarqand shahridagi kafelardan birida tadbirkordan 500 dollar olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida soliq xodimlariga hukm o‘qilgan. Ularning ikkalasi ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin